Yangiliklarga qaytish
☄️📚✅BuxDUda iqtidor sadosi: yosh rassomlar asarlari Jamoatchilikka havola etildi.
Umumiy 12 January, 2026 admin

☄️📚✅BuxDUda iqtidor sadosi: yosh rassomlar asarlari Jamoatchilikka havola etildi.

Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik va pedagogika fakulteti iqtidorli talabalaridan Oygul Sharipova hamda Sevinch Bekkiyeva tomonidan tashkil etilgan shaxsiy ijodiy ko‘rgazma muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbir doirasida talabalar tomonidan yaratilgan so‘nggi yillardagi ijodiy ishlar, san’atga bo‘lgan yondashuvlari hamda yangicha qarashlari keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. Jumladan, Buxoro viloyati hokimining oʼrinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig'i Hafiza Artikova, O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Buxoro viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili Abira Huseynova, BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi rahbariyat ko'rgazma bilan batafsil tanishishdi.

Mazkur ijodiy tashabbusni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy-uslubiy yo‘nalishda ko‘mak berishda Tasviriy va amaliy san’at kafedrasi dotsenti N.M. Avliyakulova hamda katta o‘qituvchi M.M. Avliyoqulovning hissasi alohida e’tirofga loyiq. Ular talabalar bilan birgalikda ularning ijodiy izlanishlarini rivojlantirish, san’atga oid qarashlarini shakllantirishga doimiy ravishda ilmiy va amaliy maslahatlar berib kelmoqdalar.

Ko‘rgazmada turli yo‘nalishlarda yaratilgan asarlar, innovatsion ijodiy izlanishlar hamda talabalarning san’atga bo‘lgan chuqur qiziqishi va mahoratini aks ettiruvchi ishlar namoyish qilindi. Tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan asarlarga yuqori baho berildi.